Kontent qismiga oʻtish

Vadim Lyubushin

Vikipediya, ochiq ensiklopediya
Vadim Lyubushin
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Vadim Valeryevich Lyubushin
Tavallud sanasi 28-iyun 1967-yil (1967-06-28) (57 yosh)
Tavallud joyi Toshkent,
Oʻzbekiston SSR, USSR
Ampluasi Yarim himoyachi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1985 Sovet Ittifoqi Xiva 6 (0)
1986—1987 Sovet Ittifoqi Zvezda - (-)
1988—1989 Sovet Ittifoqi Selmashevets 16 (1)
1989 Sovet Ittifoqi Sohibkor 17 (0)
1990 Sovet Ittifoqi Chirchiq 35 (2)
1992 Oʻzbekiston Kosonsoy 27 (2)
1993 Oʻzbekiston Soʻgʻdiyona 11 (3)
1996 Oʻzbekiston Dinamo-Nasaf - (-)
1997 Oʻzbekiston Xorazm 9 (0)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Vadim Valeryevich Lyubushin (1967-yil 28-iyunda tugʻilgan) – sovet va oʻzbekistonlik sobiq professional futbolchi, yarim himoyachi ampulasida oʻynagan.

Futbolchilik faoliyati

[tahrir | manbasini tahrirlash]

Vadim Lyubushin 1967-yil 28-iyunda Toshkent shahrida tugʻilgan. Toshkent „Mehnat zaxiralari“ yoshlar sport maktabida futbol bilan shugʻullangan[1].

Faoliyati davomida u turli ampulalarda oʻynagan. 1985-yilda „Xiva“ tarkibida ikkinchi ligada debyut qilgan. Keyinchalik u Estoniya SSR chempionatida eng kuchli jamoalardan biri – Tallinning „Zvezda“ tarkibida (1986—1987) oʻynagan[1]. 1986-yilda Estoniya SSR terma jamoasi tarkibida SSSR xalqlarining yozgi Spartakiadasining futbol turnirida ishtirok etgan.

1988-yilda Oʻzbekistonga qaytib, ikkinchi ligada Chirchiqning „Selmashevets“/"CHirchiq" (1989—1990) va Xalqobodning „Sohibkor“ (1989)[1] jamoalarida toʻrt mavsum davomida 68 ta oʻyinda maydonga tushib, 3 ta gol urgan.

Oʻzbekiston mustaqillikka erishgach, Kosonsoyning „Kosonsoychi“ (1992), Jizzaxning „Soʻgʻdiyona“ (1993), Toshkentning MHSK (1993), Qarshining „Dinamo-Nasaf“ (1996), „Xorazm“ jamoalari safida mamlakat chempionati oliy ligasida oʻynagan. Vadim Oʻzbekiston Oliy ligasida 53 ta oʻyin oʻtkazib, 5 ta gol urgan. 1997-yilda futbolchilik faoliyatini yakunlagan.

Vadim Lyubushinning otasi Valeriy Lyubushin (1940—2011)[2]-Toshkentning „Paxtakor“ klubida oʻynagan sovet futbolchisi, sport ustasi. Keyinchalik Oʻzbekiston jamoalarida murabbiy va bosh murabbiy boʻlib ishlagan.

  1. 1,0 1,1 1,2 „Любушин Вадим Валерьевич, 28.06.1967, футболист“. footballfacts.ru. 2020-yil 25-yanvarda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyun.
  2. „Любушин Валерий Петрович, 18.03.1940, футболист“. footballfacts.ru. 2020-yil 18-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 22-iyun.